Qoraqalpog'iston Respublikasiga ishchi tashrif.

27/09/2021
Tashkent, O'zbekiston

2021 yil Sentabr oyida loyiha mutaxassislari- B.Kuziev, S.Dusmuratova va B.Matyakubovlar tomonidan belgilangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi Vazirligi, Qishloq xo‘jaligi Vazirligi, Fermerlar kengashi, Mehnat va bandlik Vazirligi, Savdo sanoat Palatasi, Kasbiy ta'limni rivojlantirish Boshqarmasi bo‘limi boshliqlari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv jarayonida loyiha tomonidan qo‘yilgan maqsad, asosiy vazifalar bo‘yicha ma'lumot berildi, hamkorlikda ishlash kelishib olindi. Hamkorlik doirasida tajriba kollejlaridagi o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda kasbga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun 5ta ko‘p tarmoqli fermer, 5ta fermer, 5ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi korxonalar, 5ta suv xo‘jaligi va qishloq xo‘jalik mutaxassislaridan so‘rovnoma o‘tkazish rejalashtirilganligi, shu bilan bir qatorda tajriba kollejlarini moddiy texnika bazasi holati va o‘quv – uslubiy ta'minoti bilan tanishib tahlil qilish kelishildi.

Kegeyli suv xo‘jaligi va meliorasiya kolleji.

2021 yil 22 sentyabr kuni Koraqolpog‘iston Respubliksi Bo‘zatov tumanida joylashgan “Kegeyli suv xo‘jaligi va meliorasiya” kollejiga tashrif qilindi. Tashrif jarayonida kollejdagi moddiy texnika baza, mashg‘ulotlarni olib borishda foydalanilayotgan o‘quv darasliklar va ishchi-o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bilan to‘liq tanishildi. O‘quv dasturlar, o‘quv rejalar xamda darsliklar bilan tanishish natijalarida kuzatilgan kamchiliklar va kollejdagi o‘quv jarayonida erishilgan yutuqlar haqida fikr almashildi. Shu bilan bir qatorda kollejdagi fan o‘qituvchilari va o‘quvchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomaga asosan olib borilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarni talab darajasida olib borilishi hamda o‘quvchilarni kasbga qiziqish darajasi belgilab olindi. Kollejda o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish bo‘yicha bilim olish yuzasidan yaratilgan sharoit bilan tanishildi.

© UNESCO Tashkent

Beruniy Suv xo‘jaligi va meliorasiya kolleji.

2021 yil 23 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan “Beruniy suv xo‘jaligi va meliorasiya” kollejiga tashrif qilindi. Tashrif jarayonida o‘quvchilarga ta'lim berishda mavjud bo‘lgan kollejdagi moddiy texnika baza hamda mashg‘ulotlarda foydalanilayotgan o‘quv darasliklar va ishchi-o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bilan tanishildi. Dars mashg‘ulotlarini o‘tish uchun adabiyotlardan foydalanish va kelgusida yaratish kerak bo‘lgan elektron adabiyotlar bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tildi. Shu bilan bir qatoda har bir fan bo‘yicha auditoriya shakllantirish kerakligi va zaruriy texnika-texnologiyalar ro‘yxatini shakllantirish lozimligi ta'kidlab o‘tildi. Fan va amaliyot o‘qituvchilari bilan dars mashg‘ulotlarini talab darajasida olib borishni hamda kasbga bo‘lgan talabni aniqlash bo‘yicha ish beruvchilardan savolnoma o‘tkazildi. Savolnoma natijalari asosida kelgusida dars mashg‘ulotlarini olib borish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish kelishib olindi.