Kasbiy ko’nikmalarga bo’lgan ehtiyojni tahlil qilish guruhi Buxoro viloyatida o’z ishini boshladi.

19/10/2021

Oktabr oyida to'plangan ma'lumotlar ish beruvchilar va kasblar o'rtasidagi munosabatlarni tavsiflash va mehnat bozorining qanchalik yaxshi ishlashini, mavjud va paydo bo'layotgan malaka yetishmovchiligi va kadrlar tayyorlashga bo'lgan talablarni, mavjud professional ta'lim tizimining mosligini, hozirgi va kelajakdagi ustuvor ko’nikmalarni bashorat qilish uchun ishlatiladi.Taxlillar loyiha tomonidan tanlab olingan 4 hudud: Buxoro, Xorazm, Surxondaryo hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida qishloq va suv xo’jaliklari tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda so’rovnomalar o’tkazish orqali amalga oshiriladi.