Buxoro viloyatining Gʼijduvon agrotexnologiyalar texnikumiga tashrif.

07/10/2021
Tashkent, O'zbekiston

2021 yilning 5-6 Oktabr kunlari “Oʼzbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta’minlash uchun koʼnikmalarni rivojlantirish” loyiha mutaxassislari Gʼijduvon agrotexnologiyalar texnikumiga ishchi tashrifni amalga oshirdilar.

 

Tashrif davomida Gʼijduvon agrotexnologiyalar texnikumi direktori Аskar Ochilov, oʼquv, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʼyicha direktori muovini Dilorom Komilova, Kasbiy taʼlim boʼyicha direktor muovini Muxiddin Muxtorov, moliyaviy masalalar boʼyicha muovin Xamdam Nosirovlar bilan muloqot oʼtkazildi.

© UNESCO

Suhbat davomida yangi 2021/2022 oʼquv yiliga qabul rejasi (mutaxassisliklar kesimida), hujjat topshirgan talabgorlar, grant va kontrakt boʼyicha oʼqishga tavsiya etilgan oʼquvchilar kontingenti, kunduzgi, sirtqi va dual taʼlim boʼyicha maʼlumotlar muhokama qilindi. Shuningdek, bugungi kunda Buxoro viloyatida qishloq xoʼjaligi va irrigatsiya mutaxassisliklariga boʼlgan talablarga oid fikr almashildi. Muloqotda texnikumda mavjud taʼlim mutaxassisliklari, oʼquvchilar kontingenti, oʼquv rejalar, oʼqitiladigan fanlar boʼyicha dasturlar, darsliklar, oʼquv qoʼllanmalar, uslubiy qoʼllanmalar va boshqa adabiyotlar boʼyicha maʼlumotlar olindi. Texnikum oʼqituvchilari bilan suhbat chogʼida ularning fikr-mulohazalari tinglandi va maxsus tayyorlangan savolnoma asosida soʼrovnoma oʼtkazildi. Texnikum 2-bosqich o’quvchilari bilan ham suhbat va soʼrovnoma oʼtkazildi.

© UNESCO

Gʼijduvon tumanining uzumchilikka ixtisoslashganini inobatga olib, direktor tomonidan Bogʼdorchilik va uzumchilik, irrigatsiya (tomchilatib sugʼorish), agronomiya, issiqxona xoʼjaligi yoʼnalishlari boʼyicha oʼrta boʼgʼin mutaxassislarni tayyorlash uchun 3, 6 oylik qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi xususida fikr bildirildi. Shuningdek, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, joylardagi oʼqituvchilarni trenerlikka jalb etish masalasi ham muhimligi taʼkidlandi. 

6 Oktabr kuni texnikumdagi Axborot resurs markazi xodimlari bilan mavjud adabiyotlar fondi va moddiy-texnik bazasi o'rganildi, tashkiliy masalalar bo'yicha suhbat o'tkazildi.

© UNESCO