Yevropa Ittifoqi va YUNESKO ko’magida Suv xo’jaligi sohasida kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo’yicha Tarmoq Kengashi ish boshladi.
YUNESCO tomonidan amalga oshirilayotgan, Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O’zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko’nikmalarini rivojlantirish” loyihasi qishloq va suv xo’jaligi sohalarida Tarmoq Malaka Kengashining (TMK) faoliyatini qo’llab-quvvatlomoqda. Loyiha doirasida tashkil etilgan Suv xo’jaligi Tarmoq Malaka Kengashining ochilish marosimida Suv Xo’jaligi Vaziri, Mehnat Bozori Tadqiqotlari Instituti Direktori, Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi siyosat, matbuot va axborot bo'limi rahbari, YUNESKOning O’zbekistondagi Vakolathonasi rahbari kabi nufuzli mutasaddilar va loyihaning boshqa manfaatdor tomonlari ishtirok etishdi.
O’zbekistonda 2020-yil, dekabr oyida 29 ta tarmoq bo’yicha TMKlari aniqlandi va tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 4939-sonli qarori bilan O’zbekiston Prezidenti tomonidan ularga yuklatilgan muhim rolni e’tirof etgan holda, loyiha o’quv seminarlar o’tkazish orqali TMKlari salohiyatini oshirish bo’yicha ish olib bormoqda va xorijiy mutaxassislar boshqa mamlakatlardan saboqlarni namoyish etdilar. Shuningdek, loyiha qishloq va suv xo’jaligi sohalarida Milliy Mashg’ulot Standartlarini ishlab chiqmoqda, bunda suv va qishloq xo’jaligi TMKlari faol ishtirok etmoqdalar.