Loyiha maqsadlari:
Loyiha O'zbekistonda zamonaviy qishloq xo'jaligida ayollar va erkaklar uchun tegishli ko'nikmalarni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu loyiha O'zbekiston hukumati tashabbusi bilan qishloq va suv xo'jaligi sohalarida malaka oshirish tizimining sifatini va samaradorligini oshiradi, bunda milliy manfaatdor tomonlar tanlagan qishloq joylariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Loyiha hukumatga qishloq va suv xo'jaligi sohalarida transversal usullarni, innovatsiyalarni kengaytirish maqsadida yangi tashabbus va yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazishda yordam beradi. O'zbekiston qishloq hududlarida ayollar va erkaklar zamonaviy, barqaror, ko'p tarmoqli qishloq xo'jaligi ehtiyojlariga mos ko'nikmalarga ega bo'lsalar, ish bilan ta'minlash imkoniyatlari oshadi va joylarda turmush darajasi yaxshilanadi.
Loyiha faoliyati quyidagi natijalarga erishishga yordam beradi:
1) Mehnat bozori talablariga muvofiq qishloq va suv xo'jaligi sohalarida malaka oshirish boshqaruvini modernizatsiyalash;
2) Mehnat bozori, talabalar, qishloq va suv xo'jaligi sohasidagi ishchilar ehtiyojlarini qondirish uchun malaka va ko'nikmalarni rivojlantirish metodologiyasini zamonaviylashtirish;
3) Qishloq joylarida qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi kollejlarini zamonaviy texnologiyalar, o'qitish va ta'lim usullaridan foydalangan holda malakali boshqaruv va o'qituvchilar bilan ta'minlash.
BRM 4- Sifatli ta'lim:: 4.3 Professional ta'lim, 4.4 Mehnat bozori uchun munosib malakaga ega yoshlar, 4.5 Ta'limdagi gender tengligi. BRM 5- Gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish: 5.5 Ayollarning siyosiy, iqtisodiy va jamoat hayotida yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlari va to'liq ishtirokini ta'minlash. BRM 8 - Iqtisodiy o'sish va bandlik: 8.5 To'liq ish bilan ta'minlash, 8.6 Yoshlarning ishsizligini kamaytirish. |